Maqolada ulgurji va chakana savdo tarmoqlarida Alkogol/Pivo mahsulotlari guruhida markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlashda yo‘l qo‘yiladigan asosiy xatolar va qoidabuzarliklar keltirilgan. Bunday xatolarga yo'l qo'ymaslik uchun mahsulot aylanmasi ishtirokchilariga ham tavsiyalar beriladi.
Agregatsiyalangan mahsulot bilan ishlash
Markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlashda quyidagilarga ishonch hosil qiling:
- Markirovkalash kodi "Qo'llaniladigan" holatida bo'lishi;
- Agregatsiyalangan qadoq etiketkasi formati: 18 ta belgi (00 identifikatori yo'q) (SSCC).
Mahsulotlar agtegatsiyasini o'tkazish taqiqlanadi, agar:
- Markirovkalash kodi "Emissiya", "Qo'llanilgan, lekin to'lanmagan", "Hisobdan chiqarilgan" holatida bo'lsa;
- Mahsulotlar orasida "Emissiya", "Qo'llanilgan, lekin to'lanmagan", "Hisobdan chiqarilgan" maqomlariga ega kamida bitta birlik yoki bir xil markirovkalash kodlari bo'lgan mahsulotlar mavjud bo'lsa;
- Bir xil kodni bir necha marta agregatsiyalash mumkin emas.
Agar ilgari agregatsiyalangan markirovka kodi agregatsiyalansa, oldingi agregatsiyalash haqidagi ma'lumotlar o'chiriladi.
Agregatsiyalash qat'iy ravishda "MONO" rejimida amalga oshiriladi. Bu bitta birlikda faqat bitta turdagi mahsulot (1 SKU) bo'lishi mumkinligini anglatadi.
Chakana savdoda agregatsiyalangan mahsulotlar bilan ishlashda yuzaga keladigan asosiy xatolar va qoidabuzarliklar
Vazirlar Mahkamasining 833-sonli qaroriga asosan ulgurji savdodan chakana savdoga markalanmagan mahsulot qoldiqlarini sotish o‘z vaqtida amalga oshirilishi kerak:
- spirtli ichimliklar — 2021-yilning 1-oktabrigacha;
- vino va vino mahsulotlari — 2021-yilning 1-oktabrigacha;
- pivo va pivo mahsulotlari — 2022-yilning 1-yanvarigacha;
- metall va shu jumladan, alyuminiy idishlardagi spirtli ichimliklar – 2022-yilning 1-sentabrigacha.
Shu bilan birga, markirovkalanmagan mahsulot qoldiqlarini chakana savdoda yakuniy iste'molchiga sotish o'z vaqtida bajarilishi kerak:
- spirtli ichimliklar — 2022-yilning 1-yanvarigacha;
- vino va vino mahsulotlari — 2022-yilning 1-yanvarigacha;
- pivo va pivo mahsulotlari — 2022-yilning 1-apreligacha;
- metall va shu jumladan, alyuminiy idishlardagi spirtli ichimliklar – 2022-yilning 1-dekabrigacha.
Shunday qilib, 2022-yil 1-dekabrdan keyin markirovkalanmagan mahsulotlarni chakana savdoda sotish taqiqlanadi!
Markirovkalangan mahsulotlarni chakana savdoda sotish, albatta, mahsulotning kassa chekini o'tkazish va tovardagi markirovkalash kodini skanerlash orqali onlayn-kassa apparati orqali muomaladan chiqarish bilan birga amalga oshirilishi kerak.
Chakana savdodagi asosiy xatolar va qoidabuzarliklar:
- Markirovkalash kodi sotilayotgan mahsulotning har bir birligida alohida skanerdan o'tkazilmaydi (masalan, mahsulotning bir nechta bir xil birliklari sotilganda), lekin bir xil kod bitta mahsulotdan skanerlanadi. "Asl Belgisi" MAT markirovkalash kodini qayta sotish faktini qayd etadi va bunday hodisa to'g'risidagi ma'lumotlar vaziyatni aniqlashtirish uchun davlat organlariga yuboriladi;
- Mahsulot markirovka kodisiz sotilganda;
- Mahsulotlar qalbaki markirovka kodlari bilan sotilganda;
- Mahsulotlarni ularning markirovka kodi skanerlamasdan sotganda;
- Mahsulotni markirovkalash chakana savdo nuqtasida amalga oshirilganda;
- Chakana savdo nuqtasi "ASL Belgisi" MATda ro'yxatdan o'tmaganda;
- Mahsulot skaner tomonidan o'qilmaydigan markirovkalash kodlari (o'chirilgan, nuqsonli kodlar) bilan chakana savdoga kelganda;
- Skanerlashda kod ma'lumotlari mahsulot tarkibiga mos kelmaganda;
- Mahsulot EHF bilan markirovkalash kodlariga mos kelmaganda;
- Ulgurji baza ishlab chiqaruvchidan EHF yordamida hali tasdiqlanmagan chakana mahsulotlarga o'tkazilganda;
- Markirovka kodi aksiz markasi ustiga qo'llanilganda;
- Markirovka kodi shtrix-kod ustiga qo'llanilganda.
Chakana savdoga:
- Faqat haqiqiy markirovka kodlari bilan markirovkalangan mahsulotlarni sotishi!
- Markirovka kodini doim skanerlash!
- Chakana savdoda mahsulotlarni markirovkalash qo'pol qoidabuzarlik hisoblanadi. Faqat ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi alkogolli mahsulotlarni markirovkalashi mumkin!
- O'chirilgan yoki nuqsonli markirovkalash kodlari bo'lgan mahsulotlarni qabul qilmang!
- Agar kod ma'lumotlari mahsulotga mos kelmasa yoki mahsulotlar EHFdagi kodlarga mos kelmasa, mahsulotlarni qabul qilmang!
- Ulgurji baza bilan zavoddan mahsulotlarni qabul qilgan EHF zavod tomonidan tasdiqlanganligini tekshiring!
Sharhlar 0
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish