Dori vositalari tovar guruhi bo‘yicha markirovka kodlarini to‘lash uchun O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari invoys shablonini olishlari kerak.
Shablon mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati orqali so‘rov asosida taqdim etiladi: support@crpt-turon.uz, @aslbelgisiuz_bot
1. Invoysni to‘ldirish
Tovar aylanmasi ishtirokchisi taqdim etilgan shablonni mustaqil ravishda to‘ldiradi va quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsatadi:
-
markirovka kodlarini taqdim etish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish shartnomasining raqami va sanasi;
-
to‘lov summasi;
-
tashkilotning rekvizitlari.
2. Invoysni yuborish
Tayyor hujjatni quyidagi manzilga yuborish kerak:
📧 d.Abdukadirova@crpt-turon.uz
Hamda quyidagi manzillarni nusxaga qo‘shish kerak:
📧 s.kasymova@crpt-turon.uz,
📧 a.vakilev@crpt-turon.uz
Xat matnida quyidagilarni ko‘rsating:
-
O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan tashkilotning STIR raqami;
-
tashkilot nomi;
-
Asl Belgisi tizimida ro‘yxatdan o‘tgan norezident mamlakati.
3. Tasdiqlash va to‘lov
Moliyaviy bo‘lim xodimi hujjatni tekshirgandan so‘ng invoysni imzo va muhr bilan tasdiqlaydi hamda skaner qilingan nusxasini qaytarib yuboradi.
Tasdiqlangan invoys asosida ilgari kelishilgan valyutada to‘lov amalga oshiriladi.
Chet el valyutasidagi mablag‘larning tushish muddati 4–7 ish kunini tashkil etadi.
Tovar aylanmasi ishtirokchisining shaxsiy hisobini to‘ldirish operator hisobiga mablag‘lar tushganidan keyin 24 soat ichida amalga oshiriladi.
Sharhlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish