"Asl Belgisi" MATda AIKning shakllanishi
AIKni shakllantirishdan oldin Agregatsiyalangan import kodi (AIK) - bu nima va u nima uchun kerak? maqolasi bilan tanishib chiqing.
AIKni shakllantirish uchun quyidagi harakatlarni bajarish kerak:
1-harakat: "Asl Belgisi" MAT shaxsiy kabinetida "Mahsulotlarni markirovkalash" bo'limida, yon paneldagi "Hujjatlar" bandini tanlang, bundan oldin har qanday mahsulot guruhini tanlab oling (masalan, "Maishiy texnika"):
2-harakat: ochilgan oynada, hujjatlar bandida "Hujjatlarni qo'shish" tugmasini bosing va "AIKni shakllantirish" bandini tanlang:
Ma'lumotlar bilan to'ldirilishi kerak bo'lgan shaklli oyna ochiladi.
3-harakat: "1-qadam. Umumiy ma'lumot" sahifasida ma'lumotlarni to'ldirish kerak:
- «Arizachi STIR/PINFLi» и «Arizachi nomi» avtomatik ravishda to'ldiriladi;
- «Mahsulot guruhi», «Iste'mol qadog'i GTINi», «TIF TN» и «Iste'molchi qadoqlari soni» maydonlari - albatta qo'lda to'ldirilishi lozim.
Maydonlarni to'ldirganda, ko'rsatilgan mahsulot guruhining to'g'riligini, mahsulot kodi (gtin), TIF TN kodi va qadoqlar sonini tekshirishni unutmang. Agar nomuvofiqliklar mavjud bo'lsa, AIKni shakllantirish to'g'risidagi ariza rad etiladi.
4-harakat: "XLSni yuklash" tugmasini bosib mahsulotlar haqidagi ma'lumotlarni to'ldirishga o'ting ("2-qadam. Tovarlar" sahifasi) va iste'molchi qadoqlarida mahsulot kodlari bilan kerakli faylni tanlang:
Shu bilan birga, MKni talablarga muvofiqligini tekshirishni unutmang:
- MKlari iste'molchi qadoqlarida bir xil GTINga ega bo'lgan mahsulotlarga ishora qiladi va ularni o'z ichiga oladi;
- "Qo'llanilgan" holatida bo'ladi;
- AIKni shakllantiruvchi MAIga tegishli bo'ladi;
- boshqa AIKga joylashtirilmagan (shu jumladan, agar kod boshqa AIKda agregatsiyalangan boshlang'ichga joylashtirilgan) bo'lsa.
4000 dan ortiq satrli faylni yuklash tavsiya etilmaydi (1 satr = 1 MK iste'molchi / guruh / transport (SSCC) qadog'i).
.xlsx formatidagi fayl misoli
5-harakat: fayl yuklangandan so'ng, markirovkalash kodlari AIK shakllantirish oynasida ko'rsatiladi (agar bu kodlar to'g'ri bo'lsa, ya'ni ular format-mantiqiy nazoratdan o'tgan bo'lsa) va tegishli tugmani bosish orqali AIKni yaratish mumkin bo'ladi:
Ko'rsatilgan ogohlantirish oynasida "Ha" tugmasini bosish orqali harakatlaringizni tasdiqlang:
6-harakat: AIK shakllantirildi (agar shakllantirilmagan bo'lsa, AIKni shakllantirishda vujudga kelishi mumkin bo'lgan xatolar maqolasiga qarang), "Yuborish" tugmasini bosish va hujjatni ERI sertifikati bilan imzolash orqali o'z harakatlaringizni tasdiqlang.
7-harakat: arizani qayta ishlash natijasini tekshiring.
Agar ma'lumotlar to'g'ri to'ldirilgan bo'lsa, u holda ariza "Muvaffaqiyatli qayta ishlandi" maqomini oladi va "Asl Belgisi" MAT shaxsiy kabinetidagi hujjatlar reestrida ko'rsatiladi:
AIK shakllantirildi va Davlat bojxona qo‘mitasidan javob kutilmoqda!
Agar arizada nomuvofiqliklar aniqlansa, hujjatga "Xato bilan qayta ishlandi" holati va aniqlangan nomuvofiqliklar tavsifi beriladi. (Ko'ring: AIKni shakllantirishda vujudga kelishi mumkin bo'lgan xatolar).
Video darsligidan foydalanib, batafsil ko'rsatmalarini topishingiz mumkin:
Sharhlar 0
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish