asl belgisi

asl belgisi uchun quarkod qayerdan olinadi tayyor sotib olinadimi shu haqida toliq malumot bering tushunmaganimiz uchun sorayapmiz portativ blender va izmelchitel uchun uzum marketga sotish maqsadida 

0

Comments

1 comment
Date Votes
  • Assalomu alaykum.

    NIS «ASL BELGISI» raqamli markirovka tizimi bilan ishlash uchun markirovka kodlari (QR/Data Matrix) uchinchi tomon sotuvchilardan tayyor holda sotib olinmaydi va mustaqil ravishda qo‘lda yaratilmaydi.

    Jarayon quyidagicha amalga oshiriladi:

    • Avvalo NIS «ASL BELGISI» tizimida ro‘yxatdan o‘tish zarur.
    Markirovkalangan mahsulot bilan ishlash tizimning shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi.

    • Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng mahsulot kartochkasini yaratish kerak.
    Portativ blender va maydalagich uchun mahsulot tavsifi (nomi, brendi, GTIN/shtrix-kod, texnik xususiyatlari va boshqalar) talab etiladi.

    • Mahsulot kartochkasi muvaffaqiyatli tekshirilib, e’lon qilingandan so‘ng markirovka kodlariga buyurtma berish mumkin bo‘ladi.

    • Markirovka kodlari bevosita ASL BELGISI tizimi tomonidan generatsiya qilinadi.

    Ro‘yxatdan o‘tish va ishni boshlash bo‘yicha bosqichma-bosqich yo‘riqnoma Ma’lumot markazi maqolalarida mavjud https://help.crpt-turon.uz/hc/uz/articles/4419886106257

    0

Please sign in to leave a comment.

 

Didn't find what you were looking for?

New post